close
Kontent qismiga oʻtish

Sobirjon Roʻziyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sobirjon Roʻziyev
Image
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Sobirjon Sobitovich Roʻziyev
Fuqaroligi SSSR / Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 15-iyul 1953-yil
Belovodskiy (Moskva tumani), Chuy, Qirgʻiziston
Vafot sanasi 22-avgust 2026-yil(2026-08-22)
(73 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Vazni 74 kg
Sport
Qaysi sport Qilichbozlik
Klubi Qurolli Kuchlar (Toshkent)

Sobirjon Sabitovich Roʻziyev (1953-yil 15-iyun, Belovodskiy, Frunze viloyati, Qirgʻiziston — 2026-yil 22-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek qilichbozi. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 1992-yildan 1995-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi, 1995-yildan 2003-yilgacha — Oʻzbekiston MOQ prezidenti boʻlgan.

Qirgʻizistonning Belovodskiy qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Qilichbozlik bilan shugʻullanishni Toshkentda boshlagan. 1976-yilgi Olimpiadada ishtirok etgan va yakkalik bahslarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Moskva Olimpiadasida yakkalik bahslarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan, jamoaviy bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].

Ikki marta jamoaviy musobaqada jahon chempioni, bir marta vitse-chempion va bir marta bronza medali sohibi boʻlgan.

1980-yilgi SSSR chempioni.

Faoliyatini tugatganidan soʻng, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2026-yil 22-avgust kuni vafot etgan. Minor qabristoniga dafn etilgan[2].