close
Kontent qismiga oʻtish

Belaruslar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Belaruslar
(беларусы/biełarusy)
Umumiy aholi soni

11 million

Katta aholiga ega mintaqalar
Image Belarus: 8,159,073[1]
Image Rossiya521,443[2]
AQSH bayrogʻi AQSH600.000[3]
Image Ukraina275,763[4]
Image Isroil130.000[3]
Image Qozogʻiston66,476[5]
Image Latviya68,174[6]
Image Kanada50,000 — 70,000[7]
Image Braziliya45,000 — 80,000[8]
Image Polsha50,000 — 70,000[8]
Image Litva41,100[9]
Image Moldova20,000[3]
Image Avstraliya20,000[3]
Image Estoniya17,241[10]
Image Argentina7,000[3]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya7,000[3]
Image Belgiya2,000[3]
Image Gretsiya1,168[11]
Image Portugaliya1,002[12]
Tillar
Belaruscha, Ruscha
Dinlar
Xristian dini
Qarindosh etnik guruhlar
slavyan xalqlar

Belaruslar — xalq, Belarus respublikasining asosiy aholisi (7,9 mln. kishidan ortiq, 1992). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (1206 ming kishi), Ukraina (440 ming kishi). Qozogʻiston (183 ming kishi), Latviya (120 ming kishi), Litva (63 ming kishi), Oʻzbekiston (63 ming kishi), Estoniya (27,7 ming kishi)da ham yashaydi. Polshada 300 ming kishiga yaqin. Belarus tilida soʻzlashadi. Dinga eʼtiqod qiluvchilari — asosan pravoslavlar, qisman katoliklar ham bor[13].

A.
Belarus xalqining piramidasi.

Alifbosi kirillitsaga asoslangan.

Image
I. E. Repin Belarus,1892
Image
Belaruslarning xatasi — uyi, Strochisidagi ochiq osmon tagidagi koʻrgazma

Masihiylik diniga mansub, ichinora katoliklar ham bor. Belaruslar sharqiy slavyan xalqlariga mansub.

Belarus xalqining etnik asosini sharqiy slavyan qabilalari: dregobichlar, krivichlar, radimichlar, drevlyanlar, severyanlar, volinyanlar tashkil qilganlar. 9 — 11 asrlarda shu qabilalar Kiev Rusining tarkibi boʻldi. U parchlanib, knyazlik tarqqgandan keyin (13 — 14 asrlar) Buyuk Litva knyazligining, 1569-yildan Rech Pospolitayaning tarkibiga kirdi. XVIII asrda Rossiyaga qoʻshildi. Shu asrdan boshlab belaruslarning madaniyati va turmush kechirishi koʻp oʻzgarishlarga uchradi. Hozirgi kunda belaruslar madaniyatining milliy etnografiyalik qadiriyatlari (milliy kiyimi, taom turlari, oilaviy dasturi) faqat chet joylarida saqlanib qolgan.

Milliy kasb-hunari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy kasb-hunarlari — dehqonchilik (arpa, bugʻdoy, sholi, kartoshka, zigʻir yetishtirishadi) va mol chorvachiligi (sigir, choʻchqa va uy parrandalarini boqishadi) yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Kulolchilik bilan, ustalik kasibi bilan, kiyim, oyoq kiyim tikish, turli buyumlarni toʻqish bilan shugʻullanadi.

Milliy kiyimlari erkaklari tizzasigacha etik, shim kiyadi, bellarini junli ipdan oʻrilib, uchlarini belbogʻ bilan boylaydi. Sirtki koʻrinishiga gullik matodan tikilgan nimcha, boshlariga qalpoq, qishda „magerka“, „kuchma“, „ablavuxa“ nomli qalpoqlar kiyishadi. Ayollari oldi koʻrinishi naqsh bilan oʻrnaklangan koʻylak, „andaran“ nomli nimcha kiyishadi. Rang-barang belbogʻlardi bogʻlaydi. Sochlarini oʻrmaklaydi. Erkaklar ham, ayollar ham qishda chapon, toʻn kiyishadi.

Milliy taomlari — kartochka va undan tayyorlangan taomlar (jur, zatirka, buraki, kletski). Goʻshtni bayram arafalarida isteʼmol qilishadi (machanku, studen, vereshaku). Asosiy milliy ichimliklari: kvas, qayin sharbati. Milliy uylari koʻpincha daraxtdan ishlanadi.